Shaxmat Olimpiadasining 10-turida O‘zbekiston Hindiston-2 bilan durang o‘ynab, musobaqa tugashiga bir tur qolganda turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi. Nodirbek Abdusattorov Gukesh Dommarajudan o‘yin oxirida g‘alabani tortib olib, raqibiga ilk mag‘lubiyatni taqdim etishga muvaffaq bo‘ldi.
2026 yilgi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. “Missiya bajarildi, janob prezident”, — deb yozdi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbari Alisher Sa’dullayev.
O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasining to‘qqizinchi turida avval mag‘lubiyatga uchramagan Armanistondan ustun kelib, musobaqa yakunlanishiga ikki tur qolganda turnir jadvalida peshqadamga aylandi. Milliy terma jamoa mag‘lubiyatsiz yagona jamoa bo‘lib qolmoqda.
Shaxmat Olimpiadasida o‘zbekistonliklar Germaniya terma jamoasini mag‘lub etishdi. Milliy terma jamoa turnir yakunlanishiga uch tur qolganda 3-o‘rinni egallab turibdi. Navbatdagi o‘yinda o‘zbekistonliklar musobaqa peshqadami — Armaniston bilan kuch sinashadi. Ayollar terma jamoasi Shimoliy Makedoniyani mag‘lub etdi.
Shaxmat olimpiadasining yettinchi turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Peru ustidan g‘alaba qozonib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jamoa hali turnirda mag‘lub bo‘lmagan beshta davlatdan biri bo‘lib turibdi. Ayollar terma jamoasi esa Serbiyaga imkoniyatni boy berdi.
Shaxmat olimpiadasining oltinchi turida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Hindiston bilan durang o‘ynab, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa pastladi. Ayollar jamoasi esa Shotlandiyani mag‘lub etib, 37-o‘ringa ko‘tarildi.
Shaxmat olimpiadasining 5-turida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Slovakiyani 4:0 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Nodirbek Abdusattorov besh uchrashuvda beshta g‘alaba bilan musobaqaning eng samarali o‘yinchilaridan biri bo‘lib turibdi. Ayollar jamoasi Vetnamga imkoniyatni boy berdi.
Hindistonda o‘tkazilayotgan shaxmat olimpiadasining to‘rtinchi turida O‘zbekiston jamoasi musobaqa favoriti — jahon reytingida top-10likdagi shaxmatchilardan iborat AQSh jamoasi bilan durang o‘ynadi. O‘zbekistonlik qizlar esa hozirgacha uch g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting